Energiya iste’molining samaradorligini aniqlash uchun bir xil vaqt oraliqlarida energiyaning ishlatilishi va unga ta’sir etuvchi omillarni qayd etish, shu bilan birga ularni nazorat qilish va energiyaning samarasiz ishlatilishini oldini olish hisobiga uning iste’molini me’yorlashtirish
sutka va smena davomida yoqilg‘i-energetika resurslarining ortiqcha sarf etilishini aniqlash imkonini beradi
energiya yo‘qolishlarini va ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash imkonini beradi.
energiyadan samarali foydalangan va ortiqcha energiya iste’moliga yo‘l qo‘ygan jamoalarni aniqlash imkonini beradi.
Korxonada ishlatiladigan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molini qayd etish asboblarining sutkalik ko‘rsatkichlari kiritiladi
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, xom-ashyo sifati va h.k. kiitiladi
To‘plangan ma’lumotlarni dasturga kiritish jarayoni avtomatlashtirilgan tizim va qo‘lda amalga oshirilishi mumkin
Kiritilgan ma’lumotlar asosida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi:
elektr energiyasining sutkalik sarfi
issiqlik energiyasining sutkalik sarfi
tabiy gazning sutkalik sarfi
ko‘mirning sutkalik sarfi
sovuq suvning sutkalik sarfi
issiq suvning sutkalik sarfi
siqilgan xavoning sutkalik sarfi
bug‘ning sutkalik sarfi
energetika resurslarining oylik tariflari
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning sutkalik xajmi
Tayyor mahsulotning birligiga mos me’yoriy ko‘rsatkichlar to‘plangan ma’lumotlar tahlili asosida hisoblab topiladi. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning hajmi talabga qarab o‘zgarishini e’tiborga olsak, unda doimiy nisbiy ko‘rsatkichlarni emas balki mahsulot hajmiga (xom ashyo sifati va h.k.) mos ravishda o‘zgarib turuvchi dinamik nisbiy ko‘rsatkichlarni ishlatish to‘g‘riroq hisoblanadi.
Veb-platformada dinamik nisbiy ko‘rsatkichlar chiziqli, darajali, giperbolik, ko‘rsatkichli, logarifmik turdagi matematik modellar yordamida ifodalanadi.
Bu bosqichda energiya iste’molining joriy ko‘rsatkichlari avvalgi bosqichda aniqlangan me’yoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha nazorat etiladi.
Agarda joriy ko‘rsatkichlarning og‘ishi 5-10 %dan ortsa, ularning paydo bo‘lishi sabablarini aniqlashi va keyinchalik takrorlamasligi kerak.
Energiya iste’moli joriy ko‘rsatkichlarining nazorati natijalari asosida quyidagi ma’lumotlardan iborat hisobot shakllantiriladi:
yoqilg‘i-energetika resurslarining nisbiy ko‘rsatkichlari
og‘ishlarning absolyut qiymatlari bo‘yicha ma’lumotlar;
joriy tarif bo‘yicha energiya iste’moliga sarf-xarajatlarning ortishi.
Hisobotlar PDF-fayllar ko‘rinishida shakllantiriladi
Real vaqtda isroflarni bartaraf etish va energiyani tejashni rag‘batlantirish orqali energiya resurslaridan samarali foydalanish uchun ENERGETIK MENEJMENT VOSITALARINI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida energiyani tejashning ob’ektiv ko‘rsatkichlarini
Operativ, chuqurlashtirilgan va jamoaviy nazorat etish vositalarini
Korxonaning energiya sig‘imini va mahsulot tannarxidagi energiya xarajatlari tashkil etuvchisini kamaytirish imkoniyatini
Energetika monitoringi obyekti sifatida energiya iste’mol qiluvchi qurilma, texnologik liniya, sex va korxonalarni o‘z ichiga oluvchi universal dasturiy vositasini
Energetika tekshiruvlarini bajarishda energoauditorlar uchun foydali vositasini
Buyurtma qilingan quvvatni kamaytirish va uni ortiqcha iste’mol qilish tufayli to‘lanadigan jarimalarni bartaraf etish imkoniyatini
Samarasiz ishlab chiqarish sarflari va ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash imkoniyatini
Yoqilg‘i-energetika resurslari sarfini kamayishida ishtirok etgan korxona xodimlarini rag‘batlantirish vositasini
ISO 50001 energetik menejment xalqaro standartining asosi bo‘lgan Deming sikli bo‘yicha energiya iste’molini nazorat qilish imkoniyatini
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining hajmini rejalashtirishda ilmiy asosini