Tizimli yondashuv asosida binolarning energiya iste’molini boshqarish usuli o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  •  

    Binolarning energiya iste’moli bo‘yicha joriy ma’lumotlar monitoringi

  •  

    Binolarning energiya iste’molini prognoz qilish

  •  

    Binolarning energiya iste’molini me’yorlashtirish





Bu qanday ishlaydi?





step-1
1

Quyi pog‘ona (Bino pog‘onasi)
Energiya iste’moli va klimatik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va ma’lumotlar bazasini shakllantirish

Bino bo‘yicha sutkalik ma’lumotlarni to‘plash uchun qayd daftari tutiladi. So‘ngra ma’lumotlar kiritilib boriladi va ma’lumotlar bazasida saqlanadi.

step-2
2

Ma’lumotlarni qayta ishlash va energiya iste’molining joriy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish

Binoning energiya iste’moli bo‘yicha joriy holatini baholash va me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash uchun mavjud ma’lumotlar energetika monitoringi va solishtirish tahlili asosida qayta ishlanadi

step-3
3

Hisobotlarni shakllantirish va ma’lumotlarni tizim pog‘onasiga uzatish

Monitoring va solishtirish tahlili asosida olingan ma’lumotlar asosida hisobot yaratiladi. Ushbu hisobot fayl ko‘rinishida shakllantiriladi va kvartal, chorak va yilda bir marta tizim pog‘onasiga uzatiladi.

step-4
4

Yuqori pog‘ona (binolarning tizim pog‘onasi)
Tizim pog‘onasi ma’lumotlar bazasini shakllantirish

Quyi pog‘onasidan olingan hisobot ma’lumotlar bazasiga o‘zlashtiriladi va to‘ldirib boriladi. So‘ngra ma’lumotlardan foydalanish uchun zaruriyat tug‘ilganda verifikatsiya va saralash amalga oshiriladi.



step-5
5

Tizimli tahlil usullaridan foydalanish

Ma’lumotlar statistik qayta ishlanadi va tizimli tahlilning asosiy amallarini bajarish imkoniyatlari aniqlanadi.

Approksimatsiyalash har bir vaqt oralig‘i uchun amalga oshiriladi va natijada energiya iste’molining ruxsat etilgan oralig‘i aniqlanadi. Shundan so‘ng tizimli tahlilning asosiy amallari bajariladi: interval baholash, prognozlash va energiya iste’molini me’yorlashtirish.




step-6
6

Bino energiya iste’molini optimallash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va hisobotni shakllantirish

Tizimli tahlil usullarini qo‘llash natijasida qo‘yidagilar bajariladi:

  • - Energiya iste’moli anomal ko‘rinishda yuqori bo‘lgan barcha binolarni aniqlash;

  • - Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun birlamchi binolarni aniqlash;

  • - Energiya iste’molini tejashga doir texnik va tashkiliy chora tadbirlarni rejalashtirish uchun binolarning energiya iste’molini prognoz qiymatlarini aniqlash;

  • - Binolarda energiya iste’molini nazorat qilish uchun yillik me’yorlarni (limitlarni) aniqlash;

  • - Hisobot shakllantiriladi.

Nimaga erishasiz?

Usulning birinchi bosqichida ko‘p pul mablag‘larisiz energiya iste’moliga ketadigan xarajatlarni 10 – 15 % gacha tejash imkonini beradi

Energiya iste’moli bo‘yicha joriy ma’lumotlarning monitoringi

Binolarning energiya iste’molini prognoz qilish va me’yorlashtirish

Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish uchun birlamchi binolarni aniqlash