Bu qanday ishlaydi?

1 QADAM. MA’LUMOTLARNI KIRITISH VA MA’LUMOTLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISH


Buyurtmachi tizimda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng unga korxona bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni kiritish uchun quyidagi oynalarga ruxsat beriladi: «Korxona bo‘yicha asosiy ma’lumotlar», «Energiya iste’moli bo‘yicha ma’lumotlar», «Ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot bo‘yicha ma’lumotlar» va h.k. Kiritiladigan ma’lumotlar asosida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.


2 QADAM. Ma’lumotlarni o‘qib olish va MATLAB tizimiga o‘zlashtirish



Ma’lumotlarni MATLAB tizimiga o‘zlashtirish Database Toolbox maxsus paketi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu paket yordamida ODBC/JDBC bazalari bog‘lanadi va ma’lumotlar import/eksport qilinishi mumkin. So‘ng olingan ma’lumotlar MATLAB tizimining boshqa maxsus paketlari (Neural Network Toolbox, Fuzzy Logic Toolbox, Curve Fitting Toolbox, Statistical Toolbox, Optimization Toolbox) asosida ishlab chiqilgan dastur yordamida tahlil etiladi.

3 QADAM. MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH VA TIZIMLI TAHLIL USULLARIDAN FOYDALANISH



Ma’lumotlar o‘qib olingandan so‘ng zaruriyat tug‘ilganida verifikatsiya, saralash va statistik qayta ishlash amalga oshiriladi. Natijada tizimli tahlilning asosiy amallarini bajarish imkoniyatlari aniqlanadi.

Approksimatsiyalash xar bir vaqt oralig‘i uchun amalga oshiriladi va natijada energiya iste’molining ruxsat etilgan oralig‘i aniqlanadi. Shundan so‘ng tizimli tahlilning interval baholash, prognozlash va energiya iste’molini me’yorlashtirish kabi asosiy amallari bajariladi.

4 QADAM. ENЕRGIYA ISTЕ’MOLINI OPTIMALLASH BO‘YICHA TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH VA HISOBOTNI SHAKLLANTIRISH

Tizimli tahlil usullarini qo‘llash natijasida quyidagi ishlar bajariladi:

  • Energiya iste’moli anomal yuqori bo‘lgan barcha korxonalarni aniqlash;

  • Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni joriy qilish uchun birlamchi korxonalarni aniqlash;

  • Energiya iste’molini tejashga doir texnik va tashkiliy chora tadbirlarni rejalashtirish uchun korxonalarning energiya iste’molini prognoz qiymatlarini aniqlash;

  • Korxonalarda energiya iste’molini nazorat etish uchun yillik me’yorlarini (limitlarni) aniqlash.

Tizimli tahlil natijalari asosida quyidagilar bajariladi:

  • Energiya iste’moli anomal yuqori bo‘lgan barcha korxonalarga tavsiyalar ishlab chiqiladi;

  • Umumiy tizim (soha) bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi;

  • Hisobot shakllantiriladi.

Nimaga erishasiz?

  •  

    Joriy energiya iste’moliga nisbatan texnik chora-tadbirlarni e’tiborga olmagan xolda 5 dan 10 % gacha gacha yoqilg‘i energetika resurslarini tejash

  •  

    Energiya iste’moli anomal yuqori bo‘lgan barcha korxonalarni aniqlash va energiyani tejash salohiyatini aniqlash

  •  

    Infratuzilmasi tez o‘zgaruvchi sharoitlarda ilmiy asoslangan prognoz va meyorlarini aniqlash

  •  

    Shahar, tuman, korxona kabi yirik infratuzilmali obyektlarda energiyani tejash salohiyatini baholash uchun tizimli usullarni ishlab chiqish

  •  

    Sohaning (korporatsiya, vazirlik, tuman va h.k.) energiyani tejashga doir dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

  •  

    Yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’moli bo‘yicha zamonaviy, sodda, moslashuvchan va aniq ma’lumotlarni chiqarish tizimini ishlab chiqish