Binoning qurilish sifatini baholash va
energetik sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  •  

    Binoning tarkibiy va energetika jihatdan sharhi

  •  

    Binoning holati va qurilish sharhi

  •  

    Binoning issiqlik hisoblarini va energetika balansini tuzish

  •  

    Binoni teplovizion tekshirish

  •  

    Binoning “sovuq ko‘priklari” va qurilish sifatini baholash








Bu qanday ishlaydi?



step-1
1

Platformada ro‘yxatdan o‘tish

Mijoz ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng binoning identifikatsiya shakllarini to‘ldirish uchun platformaga kirish ruxsatini oladi

step-2
2

Ma’lumotlarni kiritish

Binoning joylashgan joyini (manzili) ko‘rsatish bilan birga binoning turi, qavatlar soni, tuzilishi kabi ma’lumotlarini identifikatsion shaklda kiritadi

step-3
3

Binoning tarkibiy va energetika jihatdan sharhi

Binoning energiya ehtiyojlari (elektr texnika, yoritish, sovutish, isitish, issiq suv va h.k.) va muhandislik tizimlarining energetika isroflarini tahlil qilish

step-4
4

Binoning holati va qurilish sharhi

Binoga tanlangan issiqlikdan himoya vositalarini sifatini; qurilish materiallari va konstruksiyalarni to‘g‘ri va yaxshi tanlanganligini; loyiha hujjatlaridan og‘ishganligini tekshirish va qurilish-montaj ishlarini qanchalik yaxshi bajarilganligini o‘rganish

step-5
5

Binoning teplotexnik hisoblari va energetika balansini tuzish

Mahalliy va Yevropa standartlari asosida binoning energetika balansini shakllantirish va teplotexnik hisoblarini qilish

step-6
6

Binoni teplovizion tekshirish

  • - Binoning issiqlik isrofi manbalarini aniqlash uchun teplovizion tekshirish

  • - Qurilish sifati va “sovuqlik ko‘priklari”ni baholash






step-5
7

Natijalar:

- Mahalliy standartlarga mos ravishda binoning energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sertifikatsiyalash;

- Mahalliy standartlarga mos ravishda binoning energetika pasporti;

- Yevropa standartlarga mos ravishda binoning energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sertifikatsiyalash;

- Yevropa standartlarga mos ravishda binoning energetika pasporti;

- Binoning energetika balansi;

- Energiya iste’molini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar.

Nimaga erishasiz?

Binoning energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sertifikatsiyasi

Binoning qurilish sifatini bahosi

Binoda elektr va issiqlik energiyasi, hamda tabiiy gaz sarfini kamayishini

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlatish salohiyatini aniqlash