Kompaniya haqida

Kompaniya haqida

“Elektrostansiyalarning energetik uskunalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha markaziy konstruktorlik byurosi” 1956 yilda tashkil topgan va 1991 yilgacha Moskvaning “Elektrostansiyalarning energetik uskunalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha markaziy konstruktorlik byurosi” nomli ilmiy tekshirish va loyihalash instituti filiali bo‘lgan. U korxonalarni qayta jihozlash, qurish, modernizatsiyalash va elektrostansiya uskunalarini ta’mirlashda loyiha-konstruktorlik, texnologik va tashkiliy tomondan ishlab chiqish, joriy qilish va metodik qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan tashkilot hisoblangan. Bu tashkilot Toshkentda filialini tashkil etishi bilan mavjud elektrosansiyalarda zararli chiqindilarni kamaytirish maqsadida energetik uskunalarni modernizatsiyalash, issiqlik elektrostansiyalarda qozonlarni ta’mirlash va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan.





main

Tashkilot 1996 yili Yopiq Aksionerlik Jamiyati (YoAJ) shaklida xususiylashtirilgan va 2010 yildan Ma’suliyati Cheklangan Jamiyat (MCHJ) “SKB” ko‘rinishida faoliyat yuritib keladi. Hozirgi kunda kompaniya o‘z yo‘nalishlarini Respublika ustuvor maqsadlariga muvofiq xolda ishlab chiqarish korxonalari va binolarda energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tadbiq qilish va innovatsion mahsulotlar yaratish sohalarida injiniring va konsalting xizmatlariga qaratgan. Shu bilan birga kompaniya elektr energetikasi, energiya samaradorligi va alternativ energetika sohasida yuqori malakali kadrlarga ega. “SKB” MCHJ o‘zining yuqori malakali kadrlari, noyob loyiha va ishlanmalari, energetik uskuna ishlab chiqaruvchilar, ilmiy institutlar va ishlab chiqarish korxonalari bilan uzoq yillik hamkorligi energiya samaradorligi va tejamkorligi sohasida masalalarni kompleks yechishga yordam beradi.