KIN – BU

Energiya iste’molining samaradorligini aniqlash uchun bir xil vaqt oraliqlarida energiyaning ishlatilishi va unga ta’sir etuvchi omillarni qayd etish, shu bilan birga ularni nazorat qilish va energiyaning samarasiz ishlatilishini oldini olish hisobiga uning iste’molini me’yorlashtirish

  • OPERATIV NAZORAT

    sutka va smena davomida yoqilg‘i-energetika resurslarining ortiqcha sarf etilishini aniqlash imkonini beradi

  • CHUQURLASHTIRILGAN NAZORAT

    energiya yo‘qolishlarini va ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash imkonini beradi.

  • JAMOA NAZORATI

    energiyadan samarali foydalangan va ortiqcha energiya iste’moliga yo‘l qo‘ygan jamoalarni aniqlash imkonini beradi.






BU QANDAY ISHLAYDI?

1 QADAM. Energiya iste’moli sarfini qayd etish asboblari va ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash

Energiya iste’moli bo‘yicha sutkalik ma’lumotlarni to‘plash va kiritish

Korxonada ishlatiladigan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molini qayd etish asboblarining sutkalik ko‘rsatkichlari kiritiladi


Energiya iste’moliga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha sutkalik ma’lumotlarni to‘plash va kiritish

ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, xom-ashyo sifati va h.k. kiitiladi


To‘plangan ma’lumotlarni dasturga kiritish jarayoni avtomatlashtirilgan tizim va qo‘lda amalga oshirilishi mumkin

2 QADAM. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish



Kiritilgan ma’lumotlar asosida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi:

  • elektr energiyasining sutkalik sarfi

  • issiqlik energiyasining sutkalik sarfi

  • tabiy gazning sutkalik sarfi

  • ko‘mirning sutkalik sarfi

  • sovuq suvning sutkalik sarfi

  • issiq suvning sutkalik sarfi

  • siqilgan xavoning sutkalik sarfi

  • bug‘ning sutkalik sarfi

  • energetika resurslarining oylik tariflari

  • ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning sutkalik xajmi


3 QADAM. Energiya iste’molining maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash

Tayyor mahsulotning birligiga mos me’yoriy ko‘rsatkichlar to‘plangan ma’lumotlar tahlili asosida hisoblab topiladi. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning hajmi talabga qarab o‘zgarishini e’tiborga olsak, unda doimiy nisbiy ko‘rsatkichlarni emas balki mahsulot hajmiga (xom ashyo sifati va h.k.) mos ravishda o‘zgarib turuvchi dinamik nisbiy ko‘rsatkichlarni ishlatish to‘g‘riroq hisoblanadi.

Veb-platformada dinamik nisbiy ko‘rsatkichlar chiziqli, darajali, giperbolik, ko‘rsatkichli, logarifmik turdagi matematik modellar yordamida ifodalanadi.

4 QADAM. Energiya iste’molining joriy ko‘rsatkichlarini nazorat etish



Bu bosqichda energiya iste’molining joriy ko‘rsatkichlari avvalgi bosqichda aniqlangan me’yoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha nazorat etiladi.

Agarda joriy ko‘rsatkichlarning og‘ishi 5-10 %dan ortsa, ularning paydo bo‘lishi sabablarini aniqlashi va keyinchalik takrorlamasligi kerak.

5 QADAM. KiN natijalari bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish


Energiya iste’moli joriy ko‘rsatkichlarining nazorati natijalari asosida quyidagi ma’lumotlardan iborat hisobot shakllantiriladi:

  • yoqilg‘i-energetika resurslarining nisbiy ko‘rsatkichlari

  • og‘ishlarning absolyut qiymatlari bo‘yicha ma’lumotlar;

  • joriy tarif bo‘yicha energiya iste’moliga sarf-xarajatlarning ortishi.


Hisobotlar PDF-fayllar ko‘rinishida shakllantiriladi

Nimaga erishasiz?

Real vaqtda isroflarni bartaraf etish va energiyani tejashni rag‘batlantirish orqali energiya resurslaridan samarali foydalanish uchun ENERGETIK MENEJMENT VOSITALARINI

  •  

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida energiyani tejashning ob’ektiv ko‘rsatkichlarini

  •  

    Operativ, chuqurlashtirilgan va jamoaviy nazorat etish vositalarini

  •  

    Korxonaning energiya sig‘imini va mahsulot tannarxidagi energiya xarajatlari tashkil etuvchisini kamaytirish imkoniyatini

  •  

    Energetika monitoringi obyekti sifatida energiya iste’mol qiluvchi qurilma, texnologik liniya, sex va korxonalarni o‘z ichiga oluvchi universal dasturiy vositasini

  •  

    Energetika tekshiruvlarini bajarishda energoauditorlar uchun foydali vositasini

  •  

    Buyurtma qilingan quvvatni kamaytirish va uni ortiqcha iste’mol qilish tufayli to‘lanadigan jarimalarni bartaraf etish imkoniyatini

  •  

    Samarasiz ishlab chiqarish sarflari va ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash imkoniyatini

  •  

    Yoqilg‘i-energetika resurslari sarfini kamayishida ishtirok etgan korxona xodimlarini rag‘batlantirish vositasini

  •  

    ISO 50001 energetik menejment xalqaro standartining asosi bo‘lgan Deming sikli bo‘yicha energiya iste’molini nazorat qilish imkoniyatini

  •  

    Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining hajmini rejalashtirishda ilmiy asosini