Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish metodologiyasi

  •  

    Sanoat korxonalari energiya iste’molining tizimli tahlili

  •  

    Korxonalarning tezkor energetika tekshiruvlarini o‘tkazish

  •  

    Korxonaning investitsion energetika tekshiruvini o‘tkazish

  •  

    Energiya samaradorligi loyihasini joriy qilish va bajarilishini nazorat etish

  •  

    Energiya samaradorligi loyihasining moliyaviy mexanizmini ishlab chiqish va uni bajarish uchun sarmoya qidirish

  •  

    Energetik samaradorlik loixasini joriy etish va uni bajarilishini nazorat etish

Bu qanday ishlaydi?

1 QADAM. Energiya resurslari iste’moli аnomal yuqori bo‘lgan korxonalarni aniqlash

Interval baholash – bu energiya iste’moli ruxsat etilgan oraliqqa tushmaydigan korxonalarni aniqlash jarayonidir. Bunda energiya iste’mollari bo‘yicha ma’lumotlarni tartiblash yo‘li orqali ruxsat etilgan oraliq topiladi. Baholash natijasida tezkor energetika tekshiruvlarini o‘tkazish uchun korxonalar ro‘yxati aniqlanadi.

2 QADAM. Aniqlangan korxonalarda tezkor energetika tekshiruvlarini o‘tkazish

Tezkor energetika tekshiruvi korxonaning haqiqiy energiya iste’moli, yoqilg‘i-energetika resurslarini ortiqcha sarf etilishi sabablari, energiyani tejash salohiyatini aniqlash, shuningdek energiyani tejashga doir asosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va energiya iste’moliga bo‘ladigan sarf xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini beradi.

3 QADAM. Aniqlangan korxonalarda investitsion energetika tekshiruvlarini o‘tkazish

Investitsion energetika tekshiruvi – bu energiya samaradorligining texnik xususiyatlarini chuqurroq tahlil etadi va energiya tejamkor chora-tadbirlarga sarmoya kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Investitsion energetika tekshiruvi davomida quyidagi faktorlar tahlil etilishi lozim: qurilmalarning murakkablik darajasi; xodimlarning qurilmalardan samarali foydalanish imkoniyatlari; elektromexanik qurilmalarning holati; ta’mirlashga va almashtirishga ketadigan xarajatlar va h.k. Investitsion energetika tekshiruvi doirasida asosiy faktorlar tahlili bilan birga ularning xavf darajasi va qo‘shimcha xarajatlari baholanishi lozim. Bu xavflar barcha energetika loyihalarning moliyaviy tarkibida e’tiborga olinishi kerak.

4 QADAM. Aniqlangan korxonalarda energiya samaradorligi loyihasini amalga oshirish

Namunaviy energiya samarador chora-tadbirlar:

  • Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni o‘rnatish

  • Eskirgan transformatorlarni zamonaviy turdagisiga almashtirish

  • O’zgaruvchan yuklama bilan ishlaydigan ob'ektlar(nasos stansiyalari va h.k.) elektr dvigatellari yuritmalarida chastotaviy rostlash qurilmalaridan foydalanish

  • Elektr energiyasi iste’molini monitoring qilish tizimlarini joriy qilish

  • Mavjud yoritish tizimini energiya samarador turiga almashtirish

  • Bino va inshoatlarni ochiq ranglarga bo‘yash, qo‘shimcha elektr qurilmalardan foydalanishni kamaytirish va h.k.

5 QADAM. Energiya samaradorligi loyihasini bajarilish monitoring va nazorati

Loyihani muvaffaqiyatli yakunlanishining asosiy omili – bu uning uzluksiz tarzda nazorat va monitoring qilinishidir.


Monitoring va nazorat qilish amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samarasini baholash imkonini yaratadi, ya’ni energiya iste’moli amalga oshirilgan chora-tarbirdan so‘ng qanchalik kamayganligini baholab beradi.

Nimaga erishasiz?

  •  

    Mahsulot ishlab chiqarishga sarf bo‘ladigan energiya iste’molini kamayishi ko‘rinishidagi iqtisodiy samaraga erishish va uni bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

  •  

    Loyihaning bajarilishini monitoring qilish orqali rejalashtirilgan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini kuzatish imkoniyatini beradi

  •  

    Qurilmalarni modernizatsiya qilish hisobiga ularning avariyasi va ishdan chiqish holatlari kamayadi

  •  

    Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish uchun energiya iste’moli anomal yuqori bo‘lgan korxonalarni aniqlash imkoniyatini beradi


  •  

    Investitsion energetika tekshiruvi orqali moliyaviy jihatdan eng samarali loyihalarni aniqlash bilan joriy sarf-xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi