Тashkilotni boshqarish tizimi – “Tejamkor ishlab chiqarishni joriy qilish”

  •  

    Tizimli yondashuv

  •  

    Jamoa ishi

  •  

    Axborot va bilimni jadal almashish

  •  

    Resurslardan samarali foydalanish va isroflarni bartaraf etish

  •  

    Uzluksiz takomillashtirish







Bu qanday ishlaydi?



step-1
1

Murakkab texnik tizimlarni tizimli tahlil qilish usuli

O‘zbekiston sharoiti uchun sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini kamaytirish salohiyatini baholovchi maxsus uslub ishlab chiqildi. Bu uslub katta massivdagi ma’lumotlarni yangi aqlli texnologiyalardan foydalangan holda klaster tahlili va interval baholash, hamda texnik senozlarni tartiblagan holda tahlil qilish asosida murakkab texnik tizimlarni tizimli tahlil qilishga asoslangan.

step-2
2

Innovatsion g‘oyalar va ratsionalizatorlik takliflari

Platforma korxona boshqaruv tizimini takomillashtirish va barqaror rivojlanishini ta’minlashga yordam beradi. Bunda u korporativ innovatsion jarayonni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xodimlarning g‘oya va takliflarini to‘plash va ishlatishga, hamda mijozlarning operativ samaradorligini oshirishga qaratilgan.

step-3
3

Qiymatlarni shakllantirish oqimini xaritalash

Bu iste’molchiga mahsulot yoki xizmatlarni taqdim qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va qiymatlar oqimini sodda sxemalarda ko‘rsatish imkonini beradi. Qiymatlarni shakllantirish xaritasi o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayonini tahlili asosida samaradorlikni oshirish salohiyatini ko‘rish imkonini beradi.

step-4
4

5S uslublarini joriy qilish

Bu uslub vaqt va energiyani iqtisod qilish, tozalik va tartibni saqlagan holda xodimga optimal ish joyini tashkil etishga ko‘maklashadi. 5S tizimi – ishlab chiqarish madaniyatini oshirish, vaqtni tejash va ishlab chiqarish sohasida boshqaruvni yaxshilashga qaratilgan samarali ish joyni yaratish uchun texnologiya hisoblanadi. 5S tizimini muvaffaqiyatli joriy etish korxonada tejamkor ishlab chiqarish vositalarini foydalanishga tayyor ekanligini ko‘rsatadi.

step-5
5

Uskunalarning kompleks xizmati - Total Productive Maintenance (TPM)

Uskunalar nuqsonlarini oldindan aniqlash va ogohlantirish bilan jiddiy muammolarning oldini olishga erishish ushbu tizimning asosi hisoblanadi. TPM asosiy g‘oyasi – bu uskunalarga xizmat qilishda faqatgina ma’sul shaxslar emas, balki hamma xodimlarni jalb qilishdan iborat. TPMdan foydalanish uskunalarning buzilishi tufayli ishlab chiqarish yo‘qotishlarini kamaytirishga yordam beradi. TPM asosi esa umumiy tekshirish, tozalash, moylash va profilaktik texnik xizmat ko‘rsatish jadvallarini tuzishdan iborat.

step-6
6

Vizual menejment

Vizual menejment – bu har qanday ishtirokchi birinchi qarashda ishlab chiqarish holatini baholash imkoni yaratilgan tizim hisoblanadi. Bunda hamma uskunalar va ishlab chiqarish axborotlari ko‘rinib turadi.






step-5
7

Standart operatsion jarayonlar (SOP)

Ushbu hujjat har qanday ishlab chiqarish jarayonini ketma-ketlikda ko‘rsatish imkonini beradi. Og‘zaki ko‘rsatmalar yoddan ko‘tarilishi va xato tushunilishi mumkinligi uchun bu hujjat yozma shaklda bo‘lishi kerak. SOPni tushunish ko‘p vaqt talab qilmasligi uchun u rasm va chizmalardan foydalanilgan sodda, tushunarli bo‘lishi kerak. SOP har doim o‘zgarishlarni hisobga olgan holda takomillashtirilib borilishi kerak. SOPni ishlab chiqishda xodimlarni jalb qilish uning ishonchlilik kafolatini berish bilan keyinchalik tushunmovchiliklarni oldini oladi.

step-6
8

Aniq vaqtida (Just-In-Time – JIT)

Ushbu uslub ishlab chiqarish jarayoniga kerakli mahsulotlarni ancha oldin emas, balki o‘z vaqtida yetkazib berishni tashkil etish uchun ishlatiladi. Ushbu tizim tayyor mahsulot va materiallarni omborlarda bekor yotishi va tugatilmagan ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga yordam beradi.






step-5
9

Uzluksiz takomillashtirish

Uzluksiz takomillashtirish tizimi - bu ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish bilan birga tashkilot va xodimlar hayotining barcha sohalarini qamrab olishi mumkin bo‘lgan tizimdir. Uzluksiz takomillashtirish jarayonida hamma xodimlar qatnashishi samarali hisoblanadi. Uzluksiz takomillashtirish jarayonini grafik ko‘rinishida PDCA sikli bilan ko‘rsatish mumkin. PDCA sikli “Deming sikli” ham deb nomlanuvchi “Plan-Do-Check-Act” so‘zlarining qisqartmasi hisoblanib, “Rejalashtirish - Amalga oshirish - Tekshirish - Ishlash” ma’nosini beradi.

Nimaga erishasiz?

  •  

    Isroflarni bartaraf etish va resurslardan samarali foydalanish

  •  

    Kompaniyaning rivojlanishida xodimlarni ijodiy faoliyatga jalb etish

  •  

    Material va energetika resurslarini iste’mol qilishda meyordan tashqari holatlarni aniqlash

  •  

    Mahsulot tannarxida energetika xarajatlarini va ishlab chiqarish energiya sig‘imini kamaytirish

  •  

    Ishlab chiqarish madaniyatini oshirish, vaqtni tejash va ishlab chiqarish sohasida boshqaruvni yaxshilashga qaratilgan samarali ish joyni yaratish texnologiyasi

  •  

    Axborot va bilimni jadal almashish

  •  

    Samarasiz energetika xarajatlari va ularni yuzaga kelish sabablarini aniqlash imkoniyati

  •  

    Ishlab chiqarish jarayoni va boshqaruvini uzluksiz takomillashtirish

  •  

    Uskunalarning buzilishi va ortiqcha xarajatlar tufayli ishlab chiqarish yo‘qotishlarini kamaytirish

  •  

    Ishlab chiqarish jarayoniga kerakli mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni tashkil etish